Skip

Barcha turdagi tibbiy xizmatlar

Barcha asosiy tibbiy mutaxassisliklar bir joyda — diagnostikadan tortib kompleks davolashgacha.

Kardiologiya

Yurak-qon tomir kasalliklarini diagnostika va davolash: gipertenziya, aritmiyalar, ko‘krakdagi og‘riqlar, ishemiya kasalligi. EKG/EHOKG, Holter-monitoring, infarktning oldini olish.

Nevrologiya

Asab tizimi kasalliklarini maslahatlash va davolash: bosh og‘rig‘i, migren, uyqusizlik, osteoxondroz, insult oqibatlari.

Terapiya

Ichki organlar kasalliklarini tekshiruv, diagnostika va davolash. Shamollash, surunkali kasalliklar va salomatlikni mustahkamlashda yordam.

Ginekologiya

Ayollar kasalliklarini maslahatlash va davolash. Reproduktiv salomatlikni qo‘llab-quvvatlash, har bir ayol uchun diagnostika va oldini olish.

Gastroenterologiya

Oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini diagnostika va davolash: gastrit, oshqozon yara kasalligi, reflyuks, ichak faoliyati buzilishlari va o‘t yo‘llari muammolari.

Endokrinologiya

Qalqonsimon bez, qandli diabet va boshqa gormonal buzilishlarni individual yondashuv bilan diagnostika va davolash.

Gematalogiya

Qon kasalliklarini diagnostika va davolash: anemiya, leykoz, qon ivishi buzilishlari. Zamonaviy terapiya usullari.

Gepatologiya

Jigar kasalliklarini diagnostika va davolash: gepatit, sirroz, yog‘li gepatoz. Zamonaviy terapiya usullari va bemorlarni qo‘llab-quvvatlash.

Xirurgiya

Rejalashtirilgan va shoshilinch operatsiyalar, zamonaviy usullar, tez reabilitatsiya va tajribali jarrohlar yordami.

Travmatalogiya

Suyak sinishlari, bo‘g‘im chiqishlari va bo‘g‘im kasalliklarini davolash. Jarohatlardan keyingi tiklanish va ortopedik jarrohlik yordami.

Reanimatsiya

Og‘ir va hayot uchun xavfli holatlarda kunu-tun jonlantirish va intensiv terapiya. Zamonaviy monitoring uskunalari va tajribali reanimatolog-anesteziologlar nazorati.

Statsionar

Kunu-tun ishlaydigan statsionar bo‘limda kompleks davolanish. Shifokorlar nazorati ostida diagnostika, terapiya va qulay sharoitda g‘amxo‘rlik.

UZI diagnostika

Ichki organlarni aniq diagnostika qilish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashni nazorat qilish uchun zamonaviy ultratovush tekshiruvi.

Rentgen

Suyaklar, ko‘krak qafasi va ichki a’zolarni rentgen tekshiruvi. Sinishlar, o‘pka va bo‘g‘im kasalliklarini tez va aniq aniqlash.

EGDFS

Ezofagogastroduodenofibroskopiya — qizilo‘ngach, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakni endoskopik tekshirish. Gastrit, yara va boshqa kasalliklarni aniq aniqlash.

Laboratoriya

Aniq diagnostika uchun keng ko‘lamli tahlillar. Tez natijalar va zamonaviy laboratoriya texnologiyalari.

Ariza qoldirish

Ism, telefon raqamingiz va qisqacha tavsifni qoldiring — operatorimiz tez orada bog‘lanadi.